Kracnodar gubernatori Veniamin Kondratevning so‘zlariga ko‘ra, 27 aprelga o‘tar kechasi mintaqaning turli hududlarida "o‘ndan ortiq dronlar" hujumlari qayd etilgan.
"Ularning nishonlari neftni qayta ishlash zavodlari va infratuzilma ob’ektlari bo‘ldi. Qurbonlar va jiddiy vayronagarchiliklar yo‘q", — deya ma’lum qildi gubernator.
Ayni paytda bir qator Telegram kanallari Slavyansk-na-Kuban va uning atrofida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, dronlar “Slavyansk-EKO” neftni qayta ishlash zavodi, bitum zavodi, Ilskiy neftni qayta ishlash zavodi va boshqa bir qator ob’ektlarga zarba bergan.
Slavyansk tumani rahbariyati “Slavyansk-EKO” zavodida yong‘in chiqqanini tasdiqladi. Qayd etishicha, dron hujumi natijasida neftni qayta ishlash distillash ustuniga zarar yetkazilgan.