Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Kosta-Rika qochoqlarga to‘ldi

A A A
Kosta-Rika qochoqlarga to‘ldi

Kosta Rikaning San-Xose shahri ko‘chalari Nikaragulik qochoqlarga to‘lib bormoqda, deb xabar berdi TASS nashri.

 

Ular o‘z mamlakatlarida prezident Daniyel Ortegaga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishidan so‘ng, kelib chiqqan tartibsizlikdan keyin qo‘shni Kosta- Riko chegaralaridan noqonuniy tarzda o‘tishgan. Hozirda ko‘chalarda o‘z oilalari bilan kun kechirayotgan muhojirlar soni 300 nafardan oshdi.

Qochoqlar oqimining kirib kelishi esa davom etmoqda. Kosta-Rika hukumati bunga qarshi choralar ko‘rganicha yo‘q.Eslatib o‘tamiz, Nikaraguada bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari va uning ortidan kelib chiqqan zo‘ravonliklar oqibatida yuzlab insonlar halok bo‘lgan.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 21:20 23.09.2018. O'qildi: 1382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik