Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Kosonsoyda noxush voqea sodir bo‘ldi

A A A
Kosonsoyda noxush voqea sodir bo‘ldi

Yakshanba, 8 iyul kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida noxush voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Ma’lum qilinishicha, Kosonsoy shahrida yashovchi M.Qodirov (ismi o‘zgartirilgan) Bomraxa massivi hududida joylashgan dala maydonida Taxtako‘prik MFYda yashagan, “Sangilobod yorug‘ yulduzi” fermer xo‘jaligi rahbari, muqaddam sudlangan I.Qobilov (ismi o‘zgartirilgan) bilan janjallashib, uning o‘ng oyoq son qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
 
Natijada I.Qobilov shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, vafot etgan. M.Qodirov qo‘lga olingan.

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 16:58 10.07.2018. O'qildi: 2543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik