Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 274-sonli qaroriga muvofiq, kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish va davlat boshqaruv organlarini kosmik suratlar bilan ta’minlash, shuningdek kosmik texnologiyalarni qo‘llash orqali ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik faoliyat natijalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) tizimida Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi.

Markaz quyidagi yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini olib boradi:

– sun’iy yo‘ldosh apparatlari orqali Yerni masofadan zondlash, uning ma’lumotlarini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish;

– kosmik sohaga oid xizmatlarni ko‘rsatish;

– kosmik sohaga ilmiy va innovasion texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida mazkur sohadagi ilmiy va innovasion ishlarni amalga oshirish;

– kosmik va geoaxborot texnologiyalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida iqtisodiyot tarmoqlari, mudofaa va xavfsizlik sohalari hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.

Shuningdek, Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarga kosmik monitoring, sun’iy yo‘ldosh hamda uchuvchisiz uchish apparatlari orqali Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini taqdim etish va kosmik sohaga oid boshqa xizmatlar ko‘rsatish vakolatlariga ega.

Kiritildi: 11:42 24.05.2022. O'qildi: 1993 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!