Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish barchamizning vazifamizdir

Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish barchamizning vazifamizdir

Korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bugungi kunda dolzarb bo‘lib, mazkur masalalarga davlatimiz tomonidan jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xususan, joriy yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratish taqozo etilishi ta’qidlangan. Jamoat va davlat tizimining deyarli barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosati samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil qilindi.

Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida korrupsiya holatini tizimli tahlil qilish, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, sohaga oid axborotlarni tarqatish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish hisoblanadi.

Agentlik tomonidan qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun barcha fuqarolar yordam berishlari lozim hamda ushbu siyosatni qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Har bir fuqaro korrupsiya faktlari bo‘yicha Agentlikka yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilsa, bu haqda tezkor choralar ko‘rish va buzilgan huquq va manfaatlarni tiklanishiga imkoniyatlar yaratiladi.

Korrupsiya usuli orqali masalani hal qilishni istagan odamning qaysi sohada bo‘lishiga qat’iy nazar, ta’lim sohasida, tibbiyot, qurilish, transport xizmatlari va h.k. sohalarida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, albatta ushbu holatda mansabdor shaxsning o‘z maqeini suiiste’mol qilganligi vujudga keladi.

Shu sababli bunday yuqori darajada qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Prezidentimizning Farmoni nafaqat yangi tashkil yetilgan korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi yoki O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi, balki har kuni o‘z faoliyatini amalga oshiradigan, o‘qishni davom yettiradigan, davolanadigan va boshqa ijtimoiy masalalarni hal qiladigan mamlakatimizning barcha fuqarolariga ham tegishli.

Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash lozimki, faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan halqimiz korrupsiya kabi yovuzlikka qarshili ko‘rsatishlarimiz mumkin.

D. Suyunova, TDYUU dosenti

 

 

Kiritildi: 16:11 04.07.2020. O'qildi: 2086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!