Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Koronvirus va AQSH: Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarni kasalxonaga yotqizish darajasi oshdi

Koronvirus va AQSH: Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarni kasalxonaga yotqizish darajasi oshdi

AQShda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni kasalxonaga yotqizish darajasi bir hafta ichida koronavirus tufayli 80 foizga oshgan.

Ayniqsa, besh yoshgacha bo‘lgan bolalarni kasalxonaga yotqizishlar soni keskin o‘sib bormoqda. Jumladan, 2021 yilning oxirgi haftasida shifoxonaga yotqizilgan bolalar soni 4 dekabr bilan yakunlangan haftaga nisbatan 48 foizga oshdi. 2021 yil 1 yanvarga kelib AQSh klinikalariga 4,3 ming yosh bola yotqizilgan.

Mamlakatda har kuni 800 nafarga yaqin koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan 18 yoshga etmagan bemorlar shifoxonalarga joylashtirilmoqda. Bu o‘tgan haftadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 80 foizga ko‘p va butun pandemiya davridagi eng yuqori o‘sish hisoblanadi.

Shu bois AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari rahbari Roshel Valenski amerikaliklarni vaksina olishga chaqirmoqda.

«Hali COVID-19 vaksinasini ololmaydigan eng kichik bolalarimizning himoyasini ta’minlash uchun ular emlangan odamlar orasida bo‘lishi juda muhim», deydi Valenski.

Yanvar oyi boshidan AQShda koronavirus infeksiyasi yuqtirish holatlari yana keskin o‘sa boshladi va yangi antirekord qayd etildi. Xususan, 2022 yil 3 yanvar kuni 1 million 82 ming 549 nafar kishida koronavirus aniqlangan, 1688 nafar bemor vafot etgan.

Kiritildi: 20:32 13.01.2022. O'qildi: 1952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!