Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Koronavirusning yangi turi — COVID-21 paydo bo‘lganligi haqida xabarlar tarqaldi

A A A
Koronavirusning yangi turi — COVID-21 paydo bo‘lganligi haqida xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi shakli, «COVID-21» paydo bo‘lganligi to‘g‘risida  audio yozuv tarqaldi. Virusologiya instituti direktori, professor Erkin Musabayev ushbu audio yozuvga quyidagicha izoh berdi:

COVID-19 infeksiyasi yangi shtammlari paydo bo‘lsa ham, yangi «COVID-21» virusi paydo bo‘lganligi haqidagi bayonot noto‘g‘ri.

Vaksinasiya COVID-19ning barcha shtammlaridan himoya qiladi, xavf guruhidagi odamlar kasal bo‘lib tuzalgan bo‘lsa ham emlanish zarur hisoblanadi.

Hozirgi kunda koronavirusning klinik belgilarida o‘zgarishlar yuz berdi, ya’ni yo‘tal va isitmaning kam namoyon bo‘lgan, ammo bo‘g‘imlarda katta og‘riq belgilariga ega bemorlar soni ortdi.

Zangiota kasalxonasidagi bemorlarning tahlillari shuni ko‘rsatadiki, koronavirus infeksiyasi oqibatlaridan o‘lish holatlari oshmadi.

PSR-test yordamida koronavirusni aniqlash imkonsiz bo‘lib qoldi, deyish noo‘rin, chunki avval ham dimog‘da virusni aniqlashda 30 foizlik xatolikka yo‘l qo‘yilgan edi.

Koronavirus infeksiyasini davolash bo‘yicha bir yillik tajribadan kelib chiqib, O‘zbekistonda davolash protokoli tuzilib, amalda uning yuqori samaradorligi isbotlandi.

Kiritildi: 13:08 03.05.2021. O'qildi: 4878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!