Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Koronavirusning yangi turi aniqlandi. U tez tarqalmoqda

Koronavirusning yangi turi aniqlandi. U tez tarqalmoqda

Shveysariyalik va ispaniyalik olimlar joriy yilning yoz faslida Ispaniya qirolligida paydo bo‘lgan va Yevropada jadal suratlarda tarqalayotgan koronavirusning yangi turini aniqladilar. Bu haqda Bazel universitetining saytida ma’lum qilingan.

Koronavirusning yangi turiga 20A. EU1 nomi berildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, yangi virus birinchi marta qishloq xo‘jaligi ishchilaridan birida aniqlangan. Olimlarning fikriga ko‘ra, COVID-19ning mutasiyaga uchragan yangi turi 20 iyuldan boshlab Yevropa chegaralari ochilganidan so‘ng, sayyohlar orqali tarqalishni boshlagan. Bugungi kunga kelib ushbu virus Yevropaning 12 ta mamlakatida hamda Gonkong va Yangi Zelandiyada aniqlangan.

Kiritildi: 18:03 29.10.2020. O'qildi: 12591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!