Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusning ikkinchi to‘lqini qish fasliga to‘g‘ri kelishi mumkin

Koronavirusning ikkinchi to‘lqini qish fasliga to‘g‘ri kelishi mumkin

Koronavirusning yangi — ikkinchi to‘lqini noyabr-dekabr oylarida yuz berishi mumkin. Bu haqda shifokorlarning butunjahon kasaba uyushmasi WMA’ning sobiq rahbari professor Leonid Eydelman aytib o‘tdi.

Olimning ta’kidlashicha, kasallikning yangi to‘lqiniga jiddiy tayyorlanish lozim:

«Har yildagi kabi noyabr-dekabrda nafas yo‘llari kasalliklari ko‘payishini anglash lozim. Shu sababli yo‘talayotgan, aksirayotgan kasallarni koronavirusga chalinganlardan farqlash qiyin bo‘ladi. Aynan shu katta muammodir».

Koronavirusning kuzgi to‘lqini karantin cheklovlari bekor qilingani sababli yozgisidan kuchliroq bo‘ladi.

Hozirda koronavirusga chalinganlar soni butun dunyoda ko‘paymoqda. «Aslida kasallanganlar soni aniqlanganlaridan ko‘proqni tashkil qiladi», deb qo‘shimcha qilgan Eydelman.

Kiritildi: 16:30 05.07.2020. O'qildi: 2783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!