Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusning eng xavfli alomati ma’lum qilindi

Koronavirusning eng xavfli alomati ma’lum qilindi

Rospotrebnadzorning markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot institutining klinik-analitik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Natalya Pshenichnaya COVID-19ning eng xavfli alomatini ma’lum qildi.

Bu haqda TASS yozmoqda.

"Eng xavfli alomat bu nafas olish alomatlari fonida nafas qisilishi simptomining paydo bo‘lishidir", dedi Pshenichnaya ayni shu holatda darhol shifokor bilan maslahatlashish zarurligini ta’kidlagan holda.

Mutaxassisning qayd etishicha, pandemiya davrida nafas olish belgilarining hidni yo‘qotish bilan birikishi ko‘p hollarda koronavirus rivojlanishini ko‘rsatishi mumkin.

“Shu bilan birga, xastalikning klinik belgilarining bu kombinasiyasi aniq hisoblanmaydi, zero bu kabi alomat boshqa kasalliklarda ham uchraydi”, deya qo‘shimcha qildi Pshenichnaya.

Kiritildi: 20:15 25.11.2020. O'qildi: 2764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!