Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusni yuqtirishga harakat qilmang. Chunki...

Koronavirusni yuqtirishga harakat qilmang. Chunki...

Koronavirusni iloji boricha tezroq yuqtirib olishga harakat qilmaslik kerak, chunki keyinchalik odam baribir, COVID-19ga chalinadi, ammo u paytda xastalikni yanada samarali davolash imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

 

Bu haqda Jorj Meyson universiteti professori, biologiya fanlari doktori Ancha Baranova ma’lum qildi.

 

"Epidemiya boshlanishida xastalikni yuqturib olsangiz, unga qarshi kurashish usullari kam bo‘ladi. Hozirgi vaqtda virusning qonning ivish tizimini buzishi va tromblar shakllanishiga hissa qo‘shishi ma’lum bo‘ldi, shuning uchun endilikda bemorlarga antitrombotik terapiya buyurilmoqda”, - deydi mutaxassis.

 

Bir oy oldin bunday ma’lumot yo‘qligini qo‘shimcha qilgan Baranovaning so‘zlariga ko‘ra, virus "tarqaladi va zaiflashadi", shuningdek, simptomlarsiz holatlar soni ham ko‘payadi.

 

Biologning ta’kidlashicha, endi dunyoda virusning ko‘proq "yuqumli" shtammlari ustun kelmoqda. Biroq, bu uning odamga kuchli ta’sir qilishini anglatmaydi, boshqa odamlarga yanada faol ta’sir qilishini ko‘rsatadi.

 

Kiritildi: 20:12 27.05.2020. O'qildi: 5426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!