Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Koronavirusni 48 soatda kuchsizlantiradigan preparat ma’lum bo‘ldi

A A A
Koronavirusni 48 soatda kuchsizlantiradigan preparat ma’lum bo‘ldi

Bezgakka qarshi mefloxin preparati qabul qilinganidan keyin klinik tadqiqotlargacha bo‘lgan sinov vaqtida koronavirusni 48 soatdan keyin kuchsizlantira olish xususiyatiga ega ekanligi isbotlandi. Bu haqda Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi rahbari Veronika Skvorsova ma’lum qilgan, deb yozmoqda «RIA Novosti».

Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun juda kichik — millilitr uchun ikki mikrogramm doza yuborish lozim. Skvorsovaning aytishicha, dori ham profilaktik, ham davolash xususiyatiga ega.

Mefloxin Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashda tavsiya qilgan 13 ta dori ro‘yxatiga kiritilgan. Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi bergan ma’lumotga asosan davolanayotgan o‘rta holatdagi bemorlarning 78 foizida ushbu preparat qo‘llanilganidan keyin klinik dinamika, regress yoki nafas yo‘llaridagi to‘qimalarning barqaror ishlash holatlari kuzatilgan.

Koronavirusga qarshi vaksina hali ham yaratilmagan hozirgi sharoitda turli xorij davlatlari, xususan, Rossiyada ham olimlar uni ishlab chiqish ustida bosh qotirmoqda. Koronavirusni davolashda lisenziyalanmagan preparatlar yoki eksperimental davolash usullari, masalan, mefloxin yoki gidroksixloroxindan foydalanilmoqda.

Kiritildi: 08:55 16.05.2020. O'qildi: 4139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!