Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirusga qarshi vaksinalar kimlarga mumkin emasligi aytildi

Koronavirusga qarshi vaksinalar kimlarga mumkin emasligi aytildi

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva vaksinasiya borasidagi aholi savollariga javob qaytardi.

— Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar kimlarga mumkin emas?

▫️18 yoshgacha bo‘lganlar;

▫️homiladorlar, emizikli va tuqqan ayollar;

▫️vaksinani tarkibidagi vositaga yoki kuchli allergik reaksiyalari kuzatiladigan odamlarga;

▫️infeksion yoki a’zolarning noinfeksion surunkali kasalliklari (yurak qon tomir tizimi, o‘pka va nafas yo‘llari, oshqozon ichak tizimi, endokrin tizim kabilar) avj yoki xuruj qilgan davrida vaksinani olish mumkinmas.

Vaksina olgandan keyin birinchi 3 kunlikda bosh og‘rig‘i, tana harorati ko‘tarilishi, umumiy holsizlik, vaksina olgan joy qizarishi yoki shishi yoki og‘rishi kabi umumiy holatlar kuzatilishi mumkin.

Bunday holatlarda patronaj hamshiralari vaksina olganlarni keyingi 3 kun davomida xabar olishi jarayonlarida sizda kuzatilayotgan holatlarni aniq va to‘liq aytishingiz kerak.

— Bronxit kasalligi bor odamlarda vaksina og‘ir asoratlar qoldiradimi?

Ko‘p holatlarda bu kasallikni qayta xuruji yoki asoratlarishida tashqi muhitni ta’sirida organizmga tushgan viruslar ham sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois, bronxit kasalligi bor bemorlar viruslar bilan to‘qnashuvdan o‘zlarini himoya qilishlari kerak, ya’ni karantin qoidalariga rioya qilishlari va vaksinani olishlari talab etiladi. Vaksina bu kabi bemorlarni kasalliklari asoratlanishini oldini olish imkoniyatini yaratadi. Ya’ni, vaksina olib organizmda himoya shakllanishi bilan, koronavirus organizmda kasallikni keltirib chiqarishini oldini olish mumkin yoki yengil kechuvida o‘tishga va asoratlanmaslikka yordam beradi.

— Men ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining 1-bosqichi bilan emlanganman. Hozirda uyda kovid alomatlari bilan davolanyapman. 27 iyulda 2-bosqichni olishim kerak edi. To‘liq tuzalmasdan turib keyingi olish mumkinmi?

Sizning holatingizda, uy sharoitida kovid kasalligidan davolanayotgan ekansiz,demak kasallikni yengil darajasi kuzatilmoqda. Bunday holatlarda, vaksinalari ishlab chiqaruvchilari vaksina olishni vaqtinchalik to‘xtatish, ya’ni 2 haftaga tibbiy cheklov berish tavsiya qilinadi. Bu davrda shu inson organizmidagi jarayonni kuzatish kerak, unda organizmdagi javob reaksiya va hosil bo‘layotgan immun hujayralar holati baholanadi.

Agarda, o‘rganish jarayonida inson organizmida vaksinadan keyingi himoya hujayralar ko‘rsatkichida o‘zgarish kuzatilmasa, shifokor tomonidan bu holat o‘rganilib, organizmda qarshilik topilmasagina, keyin vaksinani davom ettirish tavsiya etiladi.

Kiritildi: 16:49 30.07.2021. O'qildi: 6410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!