Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusga qarshi samarali dori paydo bo‘lmasligi ham mumkin — BSST rahbari

Koronavirusga qarshi samarali dori paydo bo‘lmasligi ham mumkin — BSST rahbari

Koronavirusga qarshi samarali dori vosita umuman paydo bo‘lmasligi ham mumkin. Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus brifingda ma’lum qildi.

"Hozirda bir qator vaksinalar klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan o‘tmoqda va barchamiz odamlarni kasallanishini oldini olishga yordam beradigan samarali vaksinalarning qandaydir miqdorini olishga umid qilib qolamiz. Ammo, hozirda mukammal davo yo‘q va u hech qachon paydo bo‘lmasligi ham mumkin", - dedi u.

BSST rahbari mamlakatlar va hukumatlarni koronavirus tarqalishining oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi. U yana bir bor niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, gigiyenaga amal qilish va testlarni o‘tkazish muhimligini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:54 04.08.2020. O'qildi: 2957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!