Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusga qarshi emlanganlarga 750 ming so‘mdan pul mablag‘i berilayotgani rost(mi)?

Koronavirusga qarshi emlanganlarga 750 ming so‘mdan pul mablag‘i berilayotgani rost(mi)?

SSV: Koronavirusga qarshi emlanganlarga 750 ming so‘mdan pul mablag‘i berilayotgani haqidagi xabarlar asossiz!

Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizda vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bu kabi yolg‘on axborotlar avval ham kuzatilgan va vaziyat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z munosabatini bildirgan edi.

Mazkur holat bo‘yicha vazirlik quyidagilarni ma’lum qiladi.

Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va rasmiy manbalar orqali tasdiqlanmagan bu kabi uydirma xabarlarni tarqatuvchilar endilikda internetda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi nomidan maxsus sahifa ochib, odamlarni o‘z tuzog‘iga ilintirishga intilmoqda.

Xususan, vazirlikning rasmiy veb-sayti bilan bir xil dizaynda tayyorlanib, uning asosiy fonida vaksina olganlarga 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilishi aytilgan. Buning uchun shaxsiy ma’lumotlarni kiritish so‘ralgan.

‼️Yuqoridagi axborot firibgarlik maqsadida tarqatilgan bo‘lib, u hech qanday rasmiy asosga ega emas.

✅ Shu bois vazirlik aholidan bu kabi feyk xabarlarga ishonmaslikni, vaksinasiya jarayonlari bilan bog‘liq eng to‘g‘ri ma’lumotlarni Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ssv.uz sayti hamda telegramdagi https://t.me/ssvuz, https://t.me/ssvmatbuotkotibi sahifalari orqali olishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

Kiritildi: 10:54 05.05.2022. O'qildi: 2971 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!