Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusga qarshi burunga sepiladigan sprey yaratildi

Koronavirusga qarshi burunga sepiladigan sprey yaratildi

Avstraliyaning Ena Respiratory kompaniyasi koronavirusning nafas yo‘llarida tarqalishini oldini oluvchi burun spreyi yaratdi.

Olimlar sassiqo‘zan (xorka) larda tajribalar o‘tkazishdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, INNA-051 burun va tomoqdagi virus replikasiyasini 96 foizga susaytirib, yuqtirish xavfini kamaytiradi va yuqish ehtimolini pasaytiradi.

"Biz spreyning qanchalik samarali ekanligidan hayratda qoldik. Uning jonivorlarning tabiiy immunitetini oshirib, virusni tezda yo‘q qilinishini ko‘rdik", - deydi Ena Respiratory boshqaruvchi direktori doktor Kristof Demezon.

INNA-051 spreyi, dastlab shamollash va grippdan himoyalanish uchun ishlab chiqilgan edi, ammo uning samaradorligi to‘g‘risida aniq dalillar bo‘lmaganligi sababli tasdiqlanmagan.

Avvalgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, u astma bilan kasallangan odamlarda tomoq hujayralarining virusga qarshi ta’sirini tezlashtiradi va sichqonlarda, odamlarda shamollashni keltirib chiqaradigan rinoviruslardan qarshi uzoq muddatli himoya qiladi.

Ena Respiratory kompaniyasining ta’kidlashicha, kompaniya muvaffaqiyatli tadqiqotlar va me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash sharti bilan INAA-051'ni odamlarda to‘rt oydan kamroq vaqt ichida sinovdan o‘tkazishga tayyor bo‘ladi.

"Bizning dori vositasimiz bilan virusga duchor bo‘lgan odamlar virusni tezda yo‘q qilishadi va davolash kasallik yengil alomatlardan u yog‘iga o‘tmasligini ta’minlaydi. Bu, ayniqsa, jamiyatning zaif a’zolari uchun to‘g‘ri keladi", - deydi Demezon.

Kiritildi: 05:30 30.09.2020. O'qildi: 2799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!