Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusga "eng tayyor" mamlakat e’lon qilindi

Koronavirusga "eng tayyor" mamlakat e’lon qilindi

Misrning “NoonPost” nashri sharhlovchisi Ahmad Favzi Salimning ta’kidlashicha, Nigeriya koronavirus pandemiyasiga qarshi "eng tayyor" mamlakat ekan. U ushbu mamlakat infeksiyalarga qarshi kurashda katta tajribaga ega ekanligini ta’kidladi. Masalan, 2014 yilda Nigeriya Ebola virusi tarqalishini to‘xtatgan, buning uchun hukumat 900 kishini tashkil etgan aloqalar zanjirini kuzatgandi.

Keyin Ebola Liberiyada keng tarqaladi. Va o‘sha yerdan Nigeriyaga virusni yuqtirgan odam keladi. U 20 kishiga yuqtiradi, ulardan 8 nafari vafot etadi. Mahalliy ma’murlar bemor bilan aloqada bo‘lganlarning harakati va dezinfeksiyasini kuzatib borish uchun tibbiyot xodimlari va ko‘ngillilarni yuborishga majbur bo‘ladi.

Bundan tashqari, Nigeriya hukumati epidemiyani to‘xtatish uchun yetarli mablag‘ to‘playdi. Va mamlakat muvaffaqiyatga erishadi. Endi esa olingan tajriba Nigeriyaga koronavirus pandemiyasini yengishda yordam berishi kutilmoqda.

Maqolada aytilishicha, Afrika mamlakatlarining issiq iqlimi ularga koronavirus tarqalishining oldini olishga yordam beradi. Xuddi shu omil Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligida ham ko‘rib chiqilmoqda. Hozirgi vaqtda Nigeriyada 81 kishi koronavirus bilan kasallangan, bir bemor vafot etgan.

 

 

Kiritildi: 20:31 28.03.2020. O'qildi: 14720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!