Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Koronavirusga chalinganlar uni boshqalarga yuqtiradigan davr qancha davom etishi aniqlandi

Koronavirusga chalinganlar uni boshqalarga yuqtiradigan davr qancha davom etishi aniqlandi

Shotlandiyaning Sent-Endryus universitetida olib borilgan yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, koronavirusga chalingan odamlar o‘zlarida kasallik alomatlari paydo bo‘lgandan keyingi birinchi haftada juda “yuqumli” bo‘lishadi. Ya’ni odamda COVID-19 simptomi sezilgan dastlabki kunlarda, xususan, birinchi besh kunda uni boshqalarga yuqtirish xavfi juda yuqori bo‘ladi.

Mazkur tadqiqot koronavirusga chalinganlarda alomatlar paydo bo‘lishi bilanoq ularning boshqalar bilan aloqa qilishdan qochishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mazkur o‘rganishlar natijasi korovirusning tarqalishini to‘xtatish nima uchun juda qiyin ekanligiga oydinlik kiritdi.

«Bu birinchi tizimli tekshiruv va meta-tahlil bo‘ldi. Unda insoniyatga yuqqan uchta koronavirusning tarqalishi har tomonlama o‘rganib chiqildi va taqqoslandi. Bu tadqiqot orqali Sars-CoV-2 (COVID-19) nima uchun Sars-CoV (SARS) va Mers-CoV (MERS) ga qaraganda tezroq tarqalishi va uning yuqishini oldini olish juda qiyinligi to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘ldik», dedi tadqiqotning bosh muallifi Muge Chevik.

Yangi koronavirusdan farqli o‘laroq, SARS va MERS deb nomlangan oldingi koronavirus epidemiyalarining eng yuqimli davri bemorlarda kasallik alomatlari birinchi marta namoyon bo‘lgandan keyin yetti kun o‘tib boshlanadi va ularning virusni boshqalarga yuqtirishlari 14 kungacha oson bo‘ladi. Bu esa SARS va MERS koronaviruslarining tarqalishini nazorat qilishni ancha osonlashtiradi.

Manba

Kiritildi: 19:27 21.11.2020. O'qildi: 2476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!