Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusga chalinganlar necha kunda tuzaladi?

Koronavirusga chalinganlar necha kunda tuzaladi?

Xitoy sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ekspert guruhi a’zosi Li Sinvan yangi turdagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun bir haftaga yaqin vaqt talab qilinishi, og‘irroq holatlarda esa ikki hafta kerak bo‘ladi, degan.

"Hozirda yengil simptomli bemorlar bir hafta ichida tuzalmoqda, jiddiyroq bemorlar tuzalishi uchun ikki haftacha vaqt kerak bo‘ladi", - dedi Li Sinvan.

Qo‘mita bergan oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning o‘zida yangi turdagi koronavirusga chalinganlar soni 4515 nafarga yetgan, ulardan 106 nafari vafot etgan, 60 kishi tuzalib, shifoxonadan chiqqan.

Xitoydan tashqari, Hongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya va Germaniyada koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan.

Kiritildi: 15:26 28.01.2020. O'qildi: 5882 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!