Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Koronavirusga chalingan yigit: "Shifokorlar dovdirab qolishdi"

Koronavirusga chalingan yigit: "Shifokorlar dovdirab qolishdi"

Nyu-Yorklik dizayner Tarek Soliman ham koronavirusga chalinmaguncha unga ahamiyat bermaganlardan biri edi. Endi esa yigit boshqa odamlarni ehtiyotkorlikka chorlamoqda. Instagramda Tarek koronavirusga qarshi kurash haqida o‘z hikoyasini aytib berdi.

Tarek og‘riqqa dosh bera olmay yordam so‘radi. Yigit shifoxonaga shoshildi, ammo shifokorlar ham chalkashib, dovdirab qolishdi va qanday harakat qilishni bilishmadi. Yigit tibbiy muassasada 12 soat turdi, shifokorlar unga ayrim dorilarni berib, uylariga ketishdi.

Bir necha kundan keyin dizaynerda koronavirus aniqlandi. Shu bilan birga, yigit o‘zini yaxshi his qilmadi, kasallik uning o‘pkasini zararlashga ulgurgandi. Keyinchalik isitma o‘tib ketgan bo‘lsa ham, nafas olish muammolari yuzaga keldi. Tarekning fikricha, shifokorlar koronavirusni to‘liq tuzata olishmaydi. "Kasalxonaga yotib, shifokorning qo‘liga qaraguncha o‘zingizni ehtiyot qilib, virus yuqtirmagan afzal", deydi yigit.

Kiritildi: 22:56 30.03.2020. O'qildi: 7662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!