Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli yaxshilanmoqda (video)

A A A
Koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli yaxshilanmoqda (video)

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash, ushbu infeksiya tarqalishining oldini olish borasida tezkor va qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Bunda tibbiyot xodimlarining fidoyiligi alohida ahamiyatga ega.

Jumladan, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Erkin Isakovich Musabayev rahbarligidagi  tajribali jamoa koronavirus infeksiyasiga chalingan  bemorlarni davolashda alohida  faollik  ko‘rsatishmoqda.  
Ular Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida, ilg‘or mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, xalqaro standartlar bo‘yicha tezkor va sifatli davolash muolajalarini olib borishmoqda. Ushbu jarayonda tibbiyot xodimlari birdamlikda, bor mahorati va tajribasini ishga solgan holda mehnat qilishmoqda. Oilasi, yaqinlari, xalqimiz uchun ishda qolib, koronavirus infeksiyasini mag‘lub etish harakatida. Shu bilan birga, shirin muomalasi va daldasi bilan ham bemorlarga ruhiy madad bo‘lishmoqda.
 
Biz videomuloqot orqali Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlarning ahvoli, fikr-mulohazalari bilan qiziqdik. Bemorlar shifokorlarning juda mas’uliyat bilan to‘g‘ri davolash muolajalarini olib borishayotganini e’tirof etishib, kun sayin ahvollari yaxshilanib borayotganini bildirishmoqda.

Bu haqda quyidagi havola orqali  videoda tanishishingiz mumkin.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 20:37 30.03.2020. O'qildi: 3412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!