Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirus yarim milliard odamni qashshoqlikka mahkum qilishi mumkin

Koronavirus yarim milliard odamni qashshoqlikka mahkum qilishi mumkin

Koronavirus tufayli iqtisodiy pasayish global qashshoqlar sonini 500 millionga yetkazishi mumkin deb yozmoqda BBC Avstraliya milliy universiteti va Kings College mutaxassislari olib brogan tadqiqotga tayanib.

«Iqtisodiy inqiroz, sog‘liqni saqlash inqirozidan ham jiddiyroq bo‘lishi mumkin», deyiladi hisobotda.

Bu dunyo bo‘yicha qashshoqlik sonining 400-600 millionga ko‘payishini taxmin qilmoqda.
Hisobotda aytilishicha, virusning potensial ta’siri Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilga qadar qashshoqlikni tugatish bo‘yicha Barqaror Taraqqiyot Maqsadiga jiddiy muammo tug‘diradi.

Pandemiya yakuniga qadar 7,8 milliard kishilik dunyo aholisining qariyb yarmi qashshoqlik chegarasida yashashi mumkin. Yangi qashshoq bo‘lib qolganlarning 40 %i Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 06:14 10.04.2020. O'qildi: 2043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!