Yangi Zelandiyada maydan buyon ilk marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi. Taxminan 50 yoshli erkak Oklend yaqinidagi shifoxonada vafot etgan. U Yangi Zelandiyada koronavirusning eng yosh qurboni bo‘ldi.
Yangi Zelandiyada pandemiya davrida jiddiy avj olish kuzatilmagan, mamlakatda apreldan keyin 102 kun davomida birorta yangi kasallanish holati qayd etilmagandi.
Hatto iyun oyida bosh vazir Jasinda Ardern davlat koronavirus ustidan to‘liq g‘alaba qozonganini e’lon qilgandi. Ammo avgust oyida orolda virus tarqalishi yana avj ola boshladi: Oklendda bir kunda 14 naqar bemor aniqlandi, ulardan biri xorijdan kelgandi.
Ayni paytda bu mamlakatda 1764 ta kasallik qayd etilgan bo‘lsa, ulardan 1630 nafari sog‘aygan. 23 kishi virusdan vafot etgan, 111 nafari davolanmoqda.