Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirus vaqtida qaysi sport turi eng xavfli ekanligi aniqlandi

Koronavirus vaqtida qaysi sport turi eng xavfli ekanligi aniqlandi

Italiyalik mutaxassislar koronavirus pandemiyasi paytida qaysi sport eng xavfli ekanligini aniqlashga harakat qilishdi. Italiya Olimpiya qo‘mitasi tadqiqot o‘tkazish uchun Turin politexnika universitetiga so‘rov yubordi, deb yozadi rbc.ua.

Ma’lum bo‘lishicha, voleybol o‘yini davomida COVID-19 infeksiyasi yuqtirish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Ikkinchi o‘rinni regbi egalladi. Uchinchi qatorni basketbol to‘ldirdi.

Shu bilan birga, badiiy gimnastika mashg‘ulotlari, shuningdek, tennis o‘ynash eng xavfsiz deb topildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 11 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 525 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Kiritildi: 14:28 04.07.2020. O'qildi: 3270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!