Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirus vaksinasi bilan kimlarni emlash mumkin emas? Mutaxassis javob berdi

Koronavirus vaksinasi bilan kimlarni emlash mumkin emas? Mutaxassis javob berdi

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi (AOKAdagi brifingdan):

➖ Bugungi kunda koronavirusga qarshi vaksina dolzarb hisoblanadi. Chunki ko‘plab mamlakatlarda vaksinalar ishlab chiqilgan va klinik sinovlarning uchinchi bosqichini o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Klinik sinovlarning ushbu bosqichi yakunlangandan so‘ng aholini emlash bosqichlari boshlanadi. Aholini ommaviy emlashda albatta vaksinaga qarshi ko‘rsatmalarni hisobga olish zarur.

Koronavirus vaksinasining qarshi ko‘rmatmalariga ko‘ra, uni kimlarga qo‘llash mumkin emas:

🔹Vaksina tarkibidagi moddalarga allergiyasi bo‘lgan kishilarga;

🔹Organik o‘zgarishlar bilan asab kasalliklari rivojlanishi bo‘lgan shaxslarga (miya falaji tashxisi, sudoroga sindromi, epilepsiya);

🔹Orttirilgan immuntanqislik sindromi (OIV — SPID) mavjud bemorlarga;

🔹Surunkali kasalliklar kuchayishi, kasallikning o‘tkir bosqichlari vaqtinchalik qarshi ko‘rsatmalar kasb etadi.
 

Kiritildi: 16:35 30.11.2020. O'qildi: 2243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!