Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirus: Turkiyada 90 mingga yaqin mahbus vaqtinchalik ozod etiladi

Koronavirus: Turkiyada 90 mingga yaqin mahbus vaqtinchalik ozod etiladi

Turkiya parlamenti koronavirus pandemiyasi tufayli 90 mingga yaqin mahbusni vaqtincha ozod qilishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat parlamentining "Twitter"dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ushbu tashabbus Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi va Milliy harakat partiyasi kabi hukmron partiyalari tomonidan ilgari surilgan. Ular kiritgan qonunchilik hujjatiga ko‘ra, og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun sudlanib, jazo koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotganlar qamoqdan vaqtinchalik ozod etiladi.

Qarorga ko‘ra, mahkumlar 31 maygacha ozod etiladi, so‘ng jazo muddatini o‘tashni davom ettiradi. Bu vaqtga qadar pandemiya chekinmasa, ozodlikda yurish muddati uzaytirilishi mumkin. Og‘ir jinoyatlar, terrorchilik harakatlari, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikda aybdor deb topilgan shaxslar vaqtincha ozod qilinishga da’vogarlik qila olmaydi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada ayni paytda koronavirusga chalinganlar soni 61 ming kishidan oshgan, 1 296 kishi vafot etgan

Kiritildi: 22:45 14.04.2020. O'qildi: 3164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!