Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus tufayli dunyoda yana qancha odam qashshoqlikka duchor bo‘lishi aytildi

Koronavirus tufayli dunyoda yana qancha odam qashshoqlikka duchor bo‘lishi aytildi

Koronavirus pandemiyasining dunyoda qashshoqlik darajasining o‘sishiga ta’siri kuchayishda davom etmoqda, eng yomoni hali oldinda. Bu haqda 11 sentyabr kuni BMT ma’ruzasiga tayanib The Guardian xabar berdi, deb yozadi "Daryo".

BMTning qashshoqlik va inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Olivye de Shutterning aytishicha, agar bir kunlik yashash uchun zarur miqdor o‘rtacha 3,2 dollar deb olinadigan bo‘lsa, dunyoda 176 million kishi qashshoqlar qatoriga qo‘shilishi mumkin.

U pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari tinchlik davrida misli ko‘rilmaganligini ta’kidlab, vaziyatni 30 yillardagi Buyuk depressiya bilan taqqosladi.

Uning aytishicha, turli mamlakatlarda davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida kamchiliklar bor va u qisqa muddatli xarakterga ega, ajratilgan mablag‘lar esa yetarli emas. Oqibatda ko‘plab fuqarolar rasmiylar e’tiboridan chetda qolib ketmoqda. Shuningdek, ko‘pchilik odamlar kompyuter savodsizligi yoki internetga kirish imkoniyati yo‘qligi sababli hukumatning yordam dasturlaridan foydalana olmayotganini qo‘shimcha qilgan.

Olivye de Shutter, shuningdek, sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasida yig‘iladigan dunyo rahbarlariga qashshoqlikni yo‘q qilish va dunyodagi tengsizlikni kamaytirish uchun yanada qat’iy qadamlar ko‘rishga chaqirdi.

Aprel oyining boshlarida BMT koronavirus tufayli arab davlatlarida 8,3 million kishi qashshoqlikka duch kelishini, oziq-ovqat bilan yetarli ta’minlanmaganlar soni 2 millionga ko‘payishini ma’lum qilgandi. Keyinroq ochlik dunyoning 30 mamlakatida tarqalishi bildirilgan.

Avgust oyida Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisli pandemiya sabab ocharchilik kuchaygani, Lotin Amerikasida ocharchilikdan aziyat chekadigan insonlar soni 269 foizga, Sharqiy va Markaziy Osiyoda 135 foizga, Janubiy Afrikada esa 90 foizga oshishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 10:47 12.09.2020. O'qildi: 1765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!