Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirus tufayli 14 kun karantinda bo‘lishi kerak bo‘lgan mansabdor otib o‘ldirildi

Koronavirus tufayli 14 kun karantinda bo‘lishi kerak bo‘lgan mansabdor otib o‘ldirildi

Xitoyga tashrif buyurgan shimoliy koreyalik amaldor o‘limga hukm qilindi. Bu haqida Daily Mail Koreyaning Donga nashriga asosan xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 14 kun karantinda bo‘lishi majbur bo‘lgan savdo amaldori, karantin muddati tugamasdan jamoat hammomiga yo‘l olgan. Amaldorga nisbatan o‘lim jazosi belgilangan va hukm yashirin tarzda amalga oshirilgan.

Yana bir fuqaro Xitoyga borib kelgan fuqaro o‘zining tashrifini yashirmoqchi bo‘lgani uchun eng uzoq fermaga surgunga yuborilgan.

Ma’lumot uchun KXDRda Shimoliy Koreyada, aholini koronavirusdan saqlash maqsadida, Xitoyga tashrif buyurgan fuqarolarga nisbatan harbiy askarlarga taaluqli qonunlar kiritilgan. Xitoy bilan chegara o‘ta qattiq nazorat ostiga olingan. Shu kunga qadar Shimoliy Koreyada birorta ham koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan.

Xitoyda esa so‘nggi ma’lumotlarga qaragandan, koronavirus bilan kasallanganlar soni 60 mingdan oshgan, vafot etganlar soni 1367 kishini tashkil qilgan. Xitoydan tashqarida koronavirus bilan kasallanganlar soni 500 kishidan oshgan.

 

Kiritildi: 11:52 14.02.2020. O'qildi: 6854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!