Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirus pandemiyasi davrida to‘yxonalar faoliyati yuzasidan yana bir o‘zgarish kiritildi

Koronavirus pandemiyasi davrida to‘yxonalar faoliyati yuzasidan yana bir o‘zgarish kiritildi

Shuningdek, yana bir kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, shu yil 20 iyuldan agar to‘yxonalar(restoranlar)da oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni ochiq havoda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) sharti bilan o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Umumiy ovqatlanish ob’ektlari – restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtlarda shug‘ullanishlariga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilangan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

.

Kiritildi: 15:29 20.07.2021. O'qildi: 6033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!