Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Jadd Dirning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar va xavfsizlik xodimlari, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp yoki vise-prezident Maykl Pensga yaqin bo‘lgan har qanday odam koronavurirus sabab tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
"3 apreldan boshlab, prezident va vise-prezidentga yaqin bo‘lgan har qanday odam virusning bexosdan tarqalishining oldini olish maqsadida koronavirus sinovini o‘tkazadi", dedi Dir.