Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus: Ispaniya yozni sayyohlarsiz o‘tkazmoqchi

Koronavirus: Ispaniya yozni sayyohlarsiz o‘tkazmoqchi

Ispaniyada koronavirus pandemiyasi tufayli yoz mavsumi xorijiy sayyohlarsiz o‘tishi e’lon qilindi.

“Ispaniya hukumati yopilgan chegaralar bilan xorijiy sayyohlarsiz yozni o‘tkazish rejasi ustida ish olib bormoqda”, - deyilgan xabarda.

Mamlakatda yozda ham cheklovlar bo‘lishiga qaramasdan ichki turizmga e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, hukumat epidemiologlarning plyajlarda odamlar soni bo‘yicha cheklovlar joriy etish haqidagi tavsiyalarni o‘rganmoqda.

Ispaniya o‘tgan yili xorijiy sayyohlar bo‘yicha yettinchi rekordni o‘rnatgandi, 2019 yilda mamlakatga 83,7 million kishi tashrif buyurdi. Sayyohlar xarajati 92,3 milliard yevroga yetgandi.

Ispaniya koronavirus aniqlangan holatlar soni (AQShdan so‘ng) va o‘limlar (Italiyadan so‘ng) soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. Epidemiya boshlangandan beri Ispaniyada 152 mingdan ortiq kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan, 48 mingdan ortiq kishi sog‘aydi, 15 mingdan ortiq kishi vafot etdi.

 

Kiritildi: 03:00 10.04.2020. O'qildi: 2058 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!