Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus! Hatto suv osti olami ham xavf ostida ekan

Koronavirus! Hatto suv osti olami ham xavf ostida ekan

Okeanariumlar yashovchilari, shu qatorda, kitsimonlar oilasi vakillari ham odamlardan yangi koronavirusni yuqtirishlari mumkin, deb xabar beradi biolog, BMTning hayvonlarni himoya qilish va bioxilma-xillik sohasidagi konferensiyalari ishtirokchisi Mariya Voronsova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, olimlar hayvonlarning qaysi biri ushbu infeksiyaga moyil bo‘lishi mumkinligini tushunish uchun ularni tekshirishga qaror qilishgan va qaysi hayvon hujayralarida virus yuqishi mumkin bo‘lgan reseptorlar borligini aniqlashga kirishishgan.

“Natijada yaqinda olimlar virusni yuqtirishi mumkin bo‘lgan hujayralar tarkibi bo‘yicha hayvonlarning 40 turini qayd etishdi”, deydi biolog.

Ularning orasida esa barcha tishli kitlar: delfinlar, kasatkalar hamda tyulenlar ham qayd etilgan. Odamsifat maymunlar guruhi ham xavf ostida ekanligi ko‘rsatilgan.

Voronsovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda insonlar virus yuqmasligi uchun Afrikada gorillalarni himoya qilishmoqda.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, akvariumda odamlardan hayvonlarga virus yuqish xavfi sezilarli darajada oshadi.

Kiritildi: 20:36 28.05.2020. O'qildi: 4151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!