Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Koronavirus Yelizaveta II ning mablag‘lariga katta zarar yetkazishi mumkin

Koronavirus Yelizaveta II ning mablag‘lariga katta zarar yetkazishi mumkin

Monarxning shaxsiy hamyonini saqlovchi ser Maykl Stivensning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II'ning mablag‘lariga katta zarar yetkazishi mumkin.

Ser Mayklning so‘zlariga ko‘ra, Bukingem saroyi va Vindzor qasri kabi diqqatga sazovor maskanlarga sayohatchilar oqimining kamayishi uch yil ichida 35 million funt kamomadga olib keladi. 

Shu bilan birga, qirollik oilasi ushbu qiyinchiliklarga sabr-toqat bilan dosh berishni va davlat xazinasidan qo‘shimcha mablag‘ so‘ramaslikni niyat qilmoqda. «Biz koronavirus bilan bog‘liq moliyaviy qiyinchiliklarni tejamkorlik va o‘z tirishqoqligimiz bilan bartaraf etamiz», dedi u. 

Aprel oyida barcha qirol xizmatchilarining ish haqi muzlatib qo‘yilgan, bo‘sh ish o‘rinlari to‘ldirilmagan, ammo ular o‘z mablag‘lari hisobidan majburiy ta’tilsiz ishlashga muvaffaq bo‘lishgan. 

Kiritildi: 13:01 26.09.2020. O'qildi: 1644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!