Britaniyadagi rasmiy statistikaga shifoxonalardan tashqaridagi Sovid-19 dan vafot etganlarni ham kiritishga qaror qilindi va endi Buyuk Britaniya qurbonlar soni bo‘yicha jahon reytingida Ispaniyani quvib o‘tib, uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Bungacha o‘z uyida, keksalar uylarida yoki boshqa muassasalarda vafot etganlar asosiy statistikada qayd etilmayotgandi. Endi Buyuk Britaniyadagi jami qurbonlar soni 26 166 nafarga yetdi.
Eng ko‘p qurbon bergan davlatlar o‘nligi quyidagicha:
AQSh (62,5 mingdan ortiq o‘lim)
Italiya (27 967)
Buyuk Britaniya (26 771)
Ispaniya (24 543)
Fransiya (24 121)
Belgiya (7 594)
Germaniya (6 518)
Eron (6 028)
Niderlandiya (4 795)
Xitoy (4 637)
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson payshanba kuni shifoxonadan chiqqanidan buyon ilk marta koronavirus mavzusida brifing o‘tkazdi. Jonson mart oyi oxirida koronavirus belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan va reanimasiya bo‘limida uch tun o‘tkazgandi. U shu haftada ishga qaytdi, ammo hozircha matbuot anjumanida ishtirok etmagandi.
BBC nashrining siyosiy tahlilchisi Lora Kunsbergning so‘zlariga ko‘ra, Jonson virus reproduksiyasi indeksi haqida gapirmoqchi. Aynan shu ko‘rsatkichga qarab hukumat karantinni uzaytirish, yumshatish yoki yanada kuchaytirish haqida qarorlar qabul qilishi mumkin.