AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 mingdan oshdi. "Daily Mail" xabariga ko‘ra, Nyu-York shahrida har 17 daqiqada kasallanganlardan biri o‘lmoqda.
Ta’kidlanishicha, tibbiy yordam guruhining qiyinchiliklari 40 foizga oshgan. Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga kuniga 6,5 mingtagacha qo‘ng‘iroq kelib tushadi. Natijada ko‘pchilik band aloqaga duch kelib, kutib qolmoqda.
Nyu-York yong‘in boshqarmasi vakillari fuqarolarni faqat favqulodda holatlarda, masalan, yurak yoki o‘pka muammolari bo‘lgan hollarda tez yordam chaqirishga undamoqdi. “Iltimos, xizmatlarga ko‘proq muhtoj bo‘lganlarga yordam bering. Agar siz shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lsangiz, 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling”, – dedi ular shahar aholisiga.
Nyu-York shahridagi davlat shifoxonasi shifokori Stiv Kassapidis shaharda sodir bo‘layotgan voqealarni do‘zax bilan taqqosladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar virusni davolashga imkonlari yo‘q. «Bemorlarni olib kelishadi, asboblarga ulashadi, keyin ular o‘lishadi va aylana takrorlanadi”, – deydi Kassapidis.