Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirus! AQShda ahvol og‘irlashmoqda

Koronavirus! AQShda ahvol og‘irlashmoqda

Amerika Qo‘shma Shtatlarida pandemiya boshlangandan beri qayd etilgan koronavirus infeksiyasi holatlari soni besh milliondan oshdi. Bu haqda The New York Times o‘z ma’lumotlar bazasiga tayanib xabar bermoqda.

Amerika nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda kasallik yettita shtatda: Oklaxoma, Virjiniya, Illinoys, Gavayi, Janubiy Dakota, Massachusets va Rod-Aylendda, shuningdek Guam, Virjiniya orollari va Puyerto-Rikoda kuchaymoqda. Shu bilan birga, virus 17 shtatda pasaymoqda.

Hammasi bo‘lib, AQShning 161,900 aholisi epidemiya natijasida vafot yetgan. So‘nggi bir hafta davomida mamlakatda har kuni mingga yaqin odam hayotdan ko‘z yumdi.

Ta’kidlanishicha, bunday holatlarning keskin o‘sishi birinchi navbatda mamlakat janubida va hokimiyat cheklovlarni tezda olib tashlashga qaror qilgan shtatlarda kuzatilmoqda.

Kiritildi: 09:22 09.08.2020. O'qildi: 5379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!