Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Koronavirus! Andijon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vafot etdi

Koronavirus! Andijon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vafot etdi

Andijon viloyatida koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemor Andijon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i bo‘lgan. Bu haqda xabar bergan «Daryo» muxbirining yozishicha, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi marhumning koronavirusdan vafot etganini tasdiqlagan.

Andijonlik bemorning vafoti haqida xabar bergan Sog‘liqni saqlash vazirligi uning tibbiyot xodimi ekanligi haqida ma’lumot bermagan.

«Andijon tumanida yashagan 63 yoshli B.P. (erkak)da COVID-19’ tasdiqlangach, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygan holatda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga COVID-19’ infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan», — deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik marhumning 2016 yil infarkt o‘tkazganini qo‘shimcha qilib, «bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, so‘nggi kardioskleroz, gipertoniya, arterial gipertenziya, qandli diabet, diabetik angiopatiya va nefropatiya kabi hamroh xastaliklari bilan ham og‘rigan. Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan», — degan.

«Daryo» muxbirining aniqlashtirishicha, marhum 2017 yildan buyon Andijon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Baxtiyor Patidinov bo‘lgan. Shu boisdan ham uning vafoti munosabati bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy kanalida ta’ziya e’lon qilingan.

Kiritildi: 09:15 05.08.2020. O'qildi: 4112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!