Janubiy Koreyaning 26 ta yirik davlat kompaniyalari hukumatning iqtisodiyotni rag‘batlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 66 trillion von (45 milliard dollar) sarmoya kiritmoqchi.
Bu haqda mamlakat Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, rejalashtirilgan mablag‘ o‘tgan yilga nisbatan 2,5 milliard vonga ko‘p.
Pul uy-joy bozorini barqarorlashtirish, shuningdek, infratuzilma va energetikani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.