Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

“Kontrakt”dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilinadi

A A A
“Kontrakt”dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilinadi

Soliq kodeksining 378-moddasiga ko‘ra:

Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi, ya’ni to‘langan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishi mumkin.

Prezident farmoniga muvofiq 2023 yil 1 avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ta’lim olishi uchun to‘lagan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib oladi.

Kiritildi: 13:13 17.05.2023. O'qildi: 11604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!