Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Konstitusiya kuni bayramini nishonlash bo‘yicha prezident farmoyishi imzolandi

Konstitusiya kuni bayramini nishonlash bo‘yicha prezident farmoyishi imzolandi

«O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi prezident farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Konstitusiyaning 32 yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash uchun «Konstitusiya – erkin va farovon hayot garovi!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Shuningdek, Konstitusiya kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi hamda tashkiliy qo‘mita tasdiqlandi.

Bayramni nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:

- yangilangan Konstitusiya mazmun-mohiyati va «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, ta’lim va mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

- so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitusiyaning o‘rni va rolini yoritish;

- «Konstitusiya – erkin va farovon hayot garovi!» degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitusiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligini ochib berish;

- mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng targ‘ib qilish;

- «Konstitusiya oyligi» doirasida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitusiya darslarini o‘tkazish.

Kiritildi: 23:40 17.10.2024. O'qildi: 1309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!