Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Konorda yana ishkal: Sobiq UFC chempioni mashhur odamni do‘pposladi

Konorda yana ishkal: Sobiq UFC chempioni mashhur odamni do‘pposladi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning xurmacha qiliqlari davom etmoqda.

Bu safar italiyalik taniqli di-jey va teleboshlovchi Franchesko Fachchinetti irlandiyalikning "qurboni"ga aylandi. Konor Vatinkanda o‘tgan marosim chog‘ida Fachchinettining burnini sindirib qo‘ydi. Franchesko va uning rafiqasi bo‘lib o‘tgan voqelik haqida ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilgan.

"Tungi soat 2:30da mister Makgregor menga hujum qildi. Konor o‘nlab guvohlar, tansoqchilari va mening do‘stlarim ko‘z o‘ngida yuzimga tarsaki tushirdi. Buning natijasida tishim va burnim sindi. Ungacha ikki soat davomida yaxshi kayfiyatda gaplashib o‘tirgandik. Lekin kutilmaganda, hech qanday sababsiz menga hujum qilib qoldi. Bu haqida lom-mim demoqchi emasdim. Lekin odamlarni uning tajovuzkor ekanidan ogoh etishni lozim topdim", - dedi italiyalik jabrdiyda teleboshlovchi.

Franchesko Fachchinetti bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan sudga murojaat qilishini aytgan.

"Meni hech qanday sababsiz kaltaklashdi. Menga tushgan zarbani boshqalar ham qabul qilib olishi mumkin. Konor qo‘pol, vahshiy odam. Shu sababdan xam uni sudga beraman".

Italiyalik teleboshlovchining rafiqasi ham kechagi voqeylikka o‘z munosabatini bildirdi.

"Konor bizni boshqa oqshomga taklif qildi, Francheskoning javobi ijobiy bo‘ldi, "Juda yaxshi, ketdik", lekin shu zahoti zarba qabul qilib oldi. Baxtiga u Makgregorga yaqin turgandi, aks holda zarbaning ta’siri kuchliroq bo‘lardi. Franchesko kutilmagan zarbadan avval stolga, keyin yerga quladi. Avvaliga men bu shunchaki hazil, oldindan rejalashtirilgan sahna ko‘rinishi bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Makgregorning do‘stlari erimni devorga tirab olishganidan keyin vaziyat jiddiy ekanini tushunib yetdim. Konor Francheskoni yana urishga urinardi. Keyin bizni olib ketishdi. Franchesko qonga belangandi. Zo‘rvon Makgregor 26 oktyabrgacha Italiyada bo‘ladi. Agar uni ko‘rib qolsangiz, yaqiniga yo‘lab yurmang. Dastxat ham so‘ramang. U xavfli odam".

Eslatib o‘tamiz, bir oycha oldin Konor Bruklinda o‘tgan MTV taqdirlash marosimida ham janjalga sababchi bo‘lgandi. O‘shanda u Machine Gun Kelly yoki MGK nomi bilan mashhur bo‘lgan amerikalik qo‘shiqchi Kolson Beykerni do‘pposlagandi.

Kiritildi: 17:07 18.10.2021. O'qildi: 6223 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!