Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Konor “yurish”ni kimdan o‘rgangan? (+video)

Konor “yurish”ni kimdan o‘rgangan? (+video)

Konor Makgregor - bu brend. U Irlandiyalik taniqli UFC jangchisi, doimiy ravishda mashhurlik va taniqli bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lgan narsalar ustida ishlamoqda. Ayniqsa, Konorning qirollardek yurishi haqida hamma biladi.

Shunday qilib, u nafaqat oktagonda, balki matbuot anjumanida, intervyularda, umuman, sud zalidan tashqari hamma joyda shu yurishi bilan e’tiborga tushgan. Aslida, bu "Miliarderning yurishi" deyiladi va uni Makgregor “ixtiro” qilganmi?

Vins Makmen hozirda WWEning asosiy kurashni targ‘ib qilish bo‘yicha bosh direktori bo‘lib, ilgari u o‘zi ringda janglar o‘tkazgan, yorqin va jozibali chiqishlari bilan yodda qolgan. Dastlab 90-yillarning oxirlarida, faoliyatining eng yorqin davrlarida Vins shu tariqa yurishni amalga oshirgandi. Faqat Makmen jangoldi uchrashuvlariga va mikrofondagi chaqiruvlargagina shunday borardi.

"Milliarderning yurishi" (va Makmen haqiqatan ham, milliarder)ni Konor payqab qolgan va u ham oktagonga xuddi shunday kirishni boshlagan. Va bu ham Makgregorga mashhurlik keltirganligi sababli ko‘pchilik uni Konorga xos harakatlar sifatida qabul qila boshlagan.

– Vinsdan tashvishlanmayman. To‘g‘ri, men bu yurishni o‘g‘irladim, lekin bu endi meniki. Na Vins va na boshqasi bu borada men bilan bahslasholmaydi. Bu mening yurishim. Men uni o‘ylab topdim va amalga oshirdim”, deydi Konor.

Bu borada Makgregor haq bo‘lishi mumkin. Chunki aynan uning yuqoridagi gaplari tufayli boshqalar ham e’tiborini “Milliarderning yurishi”ga qaratib, uni takrorlay boshlashgan.

Shu tariqa “Xit parad” boshlandi:

Serxio Ramos

Pol Pogba

Mark Gazol

Bu yurishda kim g‘olibligini esa o‘zingiz hal qiling.

Kiritildi: 10:25 19.01.2020. O'qildi: 4833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!