Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kongoda harbiy ofiserlar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Kongoda harbiy ofiserlar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Kongo Demokratik Respublikasida bortida mamlakat Qurolli kuchlari zobitlari bo‘lgan harbiy samolyot halokatga uchradi. Fojia 25 sentyabr kuni Kvango provinsiyasining ma’muriy markazi Kenge shahrida sodir bo‘lgan. Mediacongo portali ma’lumotlariga ko‘ra, Kongo DR Qurolli kuchlari bosh auditori va bir nechta yuqori martabali ofiserlar aynan shu aholi punktida aviahalokatda halok bo‘lgan.

Hodisa mamlakat janubi-g‘arbida joylashgan Kvango provinsiyasi poytaxti Kenge shahrida sodir bo‘lgan.

Kenge shahri hududida uchuvchi texnik nosozliklar yuzaga kelganini ma’lum qilgan. Keyin u favqulodda qo‘nishga uringan. Amma samolyot Kenge tumanlaridan birida halokatga uchragan.

Aerotime portali ma’lumotlariga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot Let L-410 bo‘lib, uni Tracep Congo Aviation kompaniyasi boshqargan.

Hozirda favqulodda vaziyatning aniq sabablari hamda qurbonlarning yakuniy soni mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 22:44 26.09.2026. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!