Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Kongo sharqidagi Koltan konida ko‘chki oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Kongo sharqidagi Koltan konida ko‘chki oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlikka bu haqda kon joylashgan viloyatning isyonchilar tomonidan tayinlangan gubernatori vakili Lumumba Kambere Muyisa xabar began.

"Ushbu ko‘chki oqibatida 200 dan ortiq odam, jumladan, konchilar, bolalar va sotuvchi ayollar halok bo‘ldi. Ba’zi odamlar o‘z vaqtida qutqarildi, lekin ular og‘ir jarohatlangan", — degan Muyisa.

Shuningdek, u jarohatlangan 20 ga yaqin kishi sog‘liqni saqlash muassasalarida davolanayotganini qo‘shimcha qilib, yomg‘irlar mavsumida yer mo‘rtlashganini, natijada odamlar kondaligida o‘pirilish sodir bo‘lganini bildirdi.

Gubernator maslahatchisining aytishicha, tasdiqlangan o‘limlar soni kamida 227 nafarni tashkil etgan va bu son yanada oshishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:50. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!