Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Komil Allamjonov: "Marhum jurnalistning oilasiga yordam ko‘rsatiladi, Olloshukurovaga esa tezroq sog‘ayishini tilaymiz"

Komil Allamjonov: "Marhum jurnalistning oilasiga yordam ko‘rsatiladi, Olloshukurovaga esa tezroq sog‘ayishini tilaymiz"

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov telegramdagi sahifasida post qoldirdi.

«Nafosat Olloshukurova hamda Davlatnazar Ro‘zmetov bilan bog‘liq holatga nega jimsiz, nima uchun munosabat bildirmayapsiz, demak bu yerda bir gap bor», degan tanqidiy fikrlar menga nisbatan ko‘p bildirildi. Ayrim blogerlarimiz voqea va holatni aniq bilmasdan turib, darhol «ana boshlandi, tanqid qilgan jurnalistni endi shunday taqdir kutadi», degan noo‘rin gaplarni ham aytishdi.

Mana, o‘rganishlar nihoyasiga yetib, bugun Agentligimizga ushbu holatga oydinlik kiritishi mumkin bo‘lgan barcha mutasaddi rahbarlarni to‘pladik. Har bir kelgan mas’ul o‘z yo‘nalishida holatga oydinlik kiritib berdi. Marhum Davlatnazar Ro‘zmetovning avtohalokati chizmalarda va videokameralardan olingan fotolar bilan tushuntirib berilgan bo‘lsa, Ollashukurova masalasida uning aniq diagnozi va holati haqida daliliy fikrlar bildirildi.

Marhum jurnalistning oilasiga, albatta, Agentlik tomonidan yordam ko‘rsatiladi. Ollashukurovaga esa tezroq sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytishini tilab qolamiz.

Barcha jurnalist va blogerlarni esa biror bir masalani ommaga ko‘tarib chiqayotganda, shoshqoloqlik qilmasdan, hissiyotlarga berilmasdan, jiddiy surishtiruv va faktlarga asoslanib, xolis material berishga chaqiraman.

Fursatdan foydalanib shuni aytmoqchimanki, agarda Agentlik qaysidir voqea yuzasidan bayonot bermagan yoki sukut saqlagan bo‘lsa, bu — ushbu holatni nazardan chetda qoldirdi, degani emas. Sohaga taalluqli barcha holatlar e’tiborimizda va ularning barchasi o‘rganib chiqilmoqda. Qonun doirasida faoliyat ko‘rsatgan barcha jurnalist va bloger bevosita Agentlikning himoyasida va hamisha shunday bo‘lib qoladi", deb o‘zadi Komil Allamjonov.

Kiritildi: 14:57 13.11.2019. O'qildi: 2201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!