Kolumbiyada giyohvandlikka qarshi kurashish uchun har qancha choralar ko‘rilayotgan bo‘lishiga qaramay, uni yetishtirish tobora avj olmoqda, deb xabar berdi "Darakchi" nashri.
Polisiya o‘tkazilan tekshiruvlar natijasida yana yangi giyohvand moddalar maydonini aniqlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilga nisbatan uni yetishtirish va sotish 17 foizga oshib, rekord daraja qayd etilgan. Hozirga kelib umumiy hisobda 422,550 gektar dalada giyohvand moddalar o‘stirilmoqda.
Mamlakatda har qancha giyohvandlikka qarshi kurash olib borilganligiga qaramay, ko‘rsatgichlar kamayish o‘rniga yildan yilga ortib bormoqda. Aniqlangan maydonlardagi qora dorilar yoqib yuborilgan.