Bu haqda transport vaziri Mariya Konstansa Garsiya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Hozirgi kunga qadar rasmiylar 13 kishining halok bo‘lgani, shuningdek, 18 nafar yarador va 1 nafar yo‘lovchining jarohatisiz Pasto shahridagi shifoxonalarga yetkazilganini ma’lum qildi”, deb yozadi u.
Avtobus Kali shahridan Ekvador bilan chegarada joylashgan Ipiales qishlog‘i tomon ketayotgan edi. Mahalliy OAV qutqaruvchilarga tayanib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil nosoz bo‘lgan, natijada haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va avtobus balandlikdan qulaganini xabar qilmoqda.