Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kokorin va Mamayev jinoiy ishida guvoh bo‘lgan ayol balkondan tushib ketdi

Kokorin va Mamayev jinoiy ishida guvoh bo‘lgan ayol balkondan tushib ketdi

Futbolchilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev ishi bo‘yicha guvoh bo‘lgan Yekaterina Bobkova Chexiyada kurort mehmonxona balkonidan tushib ketdi. Hozirgi vaqtda ayol koma holatida.

Ta’kidlanishicha, ayol balkondan tushib ketgan va ko‘plab jarohatlar oldi. Voqea 11 may kuni Shpindleruv-Mlineda sodir bo‘ldi. Hozirgi vaqtda ayol Grades-Kralove shahridagi shifoxonaga yotqizildi.

Rossiya fuqarosi Yekaterina Bobkova 10 may kuni ko‘plab jarohatlar bilan shifoxonamizga olib kelindi. Hozircha neyroxirurgiya bo‘limida sun’iy koma holatida. Batafsil ma’lumotni faqat Bobkovaning qarindoshlariga berishimiz mumkin , - deb ta’kidladi shifokor Grades-Kralove Pavel Travnichek.

Ekaterina Bobkova futbolchilar ishida asosiy guvohlardan biri.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 8 oktyabr kuni aka-uka Kokorinlar va Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va NAMI tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni kaltaklashgan edi. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgandi.

Bobkova o‘sha vaqtda futbolchilar bilan birga bo‘lgan. 13 may kuni Moskva Presnenskiy sudi futbolchilar Kokorin va Mamayevga yakuniy hukmni chiqargandi. Sud Kokorin va Mamayevni bezorilik maqsadida odam sog‘lig‘iga yengil ziyon yetkazish harakatlarini sodir etishda aybdor deb topdi.

Aleksandr Kokoringa 1 yil 6 yil, Pavel Mamayevga esa 1 yil 5 oy umumiy tartibdagi koloniya jazosi berildi.

Kiritildi: 14:00 14.05.2019. O'qildi: 1492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!