Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Kobalt”ga nima yashirilgan edi?

“Kobalt”ga nima yashirilgan edi?

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan maishiy texnika vositalarining respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga doir bojxona qoidabuzilishi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Kaptarxona-Farg‘ona yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro O.O boshqaruvidagi Kobalt rusumli avtomashinasi Farg‘ona shaharida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashina yukxonasi va salonida muqaddam qo‘shni mamlakatdan noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan, xorijda ishlab chikarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 16 million so‘mlik
5 dona kondisioner komplekt xolatda va 1 dona kondisioner agregati borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: darakchi. uz

Kiritildi: 21:15 24.04.2019. O'qildi: 3188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!