Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Klavixoning sayohatlari haqida film suratga olinadi

Klavixoning sayohatlari haqida film suratga olinadi

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan «Buyuk ajdodlar merosi - Uchinchi Renessans poydevori» VIII xalqaro Kongressi doirasida «Yangi Renessans: madaniy merosni saqlashda kino va medianing o‘rni» TURKSOY xalqaro forumi ham o‘tkazilyapti. Unda bir nechta loyihalar muhokamadan o‘tkazildi. Jumladan, XV asrda Amir Temur saroyiga tashrif buyurgan ispaniyalik elchi Rui Gonsales de Klavixoning sayohatlari haqidagi film loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

Filmda Klavixoning Ispaniyadan jo‘nab ketishidan boshlab, uning Amir Temur saroyiga tashrifi, Sohibqiron bilan muloqoti, Samarqanddan jo‘nab ketishi jarayonlari, yo‘ldagi sarguzashtlar, Temur saltanati tavsifi gavdalantiriladi. Film XV asr Movarounnahr siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy tarixini badiiy janrda ko‘rsatib berishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro Kongressda dunyoning 35 mamlakatidan tashrif buyurgan 300ga yaqin olim ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 15:00 25.08.2024. O'qildi: 1198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!